35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 21-Beshchinor saylov okrugidan saylangan deputat Sarajjanova Anjelika Arturovna Al-Xorazmiy, Beshchinor, Mirzo Bedil, Abdulla Avloniy, Marxabo, Saxovat, Bahor, Semurg‘ hamda Tokzor MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi;
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati;
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari, ko‘chalarning tungi yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda YTHlar ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda ularni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
Aholini bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holati;
Bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlarning narx-navosi va yetarliligi holati o‘rganiladi.

Asosiy maqsad — hududdagi muammolarni joyida aniqlash, aholining murojaatlarini tinglash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi