35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Mamadaliyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan Bo‘ston mahallasidagi 9-sonli umumta’lim maktabi hududida yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida rejalashtirilgan boks zali qurilishi holati o‘rganildi.

Mazkur loyiha “Ochiq budjet” tashabbusida g‘olib deb topilgan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar qurilish ishlari hali boshlanmagan. Bu esa yoshlar uchun mo‘ljallangan sport obyektining o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Mas’ullarga qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish hamda loyihaning ijrosini jadallashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Mazkur masala deputatlik nazoratida qoladi.

Slide 1 of 3