35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

🌿 Obod mahalla — farovon hayotning mustahkam poydevori.

#ish_reja_ijrosi
🌿 Obod mahalla — farovon hayotning mustahkam poydevori.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O’zbekiston Ekalogik” partiyasidan saylangan Xalq deputatlari tumani Kengashining 15-«Bag’ishamol» saylov okrugi deputati F.Anorboyev hamda “Mahalla 17 ligi” vakillari tashabbusi bilan «Bog'ishamol» mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va hashar tadbirlari o‘tkazildi.
🌱 Tadbir davomida mahalla hududi obodonlashtirilib, ichki ko‘chalari tozalandi, ariq-zovurlar qazilib tozalash ishlari amalga oshirildi. Hududning sanitariya holatini yaxshilash va yanada fayzli ko‘rinishga keltirishga qaratilgan amaliy ishlar bajarildi.
Bunday xayrli tashabbuslar fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va birdamlikni yanada mustahkamlab, mahallani yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yo‘lidagi ezgu sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4