35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#okrugda_organish

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 6-Ravod saylov okrugi deputati N. Baxriyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan Uzunqishloq mahallasidagi 28-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida fuqarolar va tarbiyalanuvchilar ota-onalari tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasa ichimlik suvi sayoz quduqdan glubinli nasos orqali olinayotgani hamda suv ta’minoti sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq javob bermasligi aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bog‘chani markaziy ichimlik suvi tarmog‘iga ulash va tarbiyalanuvchilarni sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlarini ikki kun muddatda yakunlash belgilandi.

Slide 1 of 4