35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#tuman_hokimi #tuman_kengashi_deputati

Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganilmoqda

Toyloq tumanida sanoat korxonalarining faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Shu maqsadda tuman hokimi tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev, iqtisodiyot va moliya bo‘limining birinchi o‘rinbosari M. Salimov hamda tuman sanoat shtabi a’zolari A. Ma’rupov ishtirokida “BARJOMI QORASUV” va "SAM PLAST WATER" MChJ lar faoliyati o‘rganildi.

Korxonada zamonaviy texnologik uskuna va jihozlar yordamida zamonaviy profil mahsulotlari, yuqori issiqlikka chidamli suv quvurlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda korxonada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari mamlakatimizning barcha hududlariga yetkazib berilmoqda.

O‘rganish davomida ishlab chiqarish jarayonlari, korxonaning mavjud imkoniyatlari hamda faoliyatni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Slide 1 of 3