Жаңалықлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏥 83-SON OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida "Dehqonariq" mahallasida joylashgan 83-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

🩺 Tashrif davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati, mavjud sharoitlar, dori-darmon ta'minoti hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

📋 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-avgustdagi O‘RQ–633-son "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan tibbiyot xodimlari o‘rtasida savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazildi.

💬 O‘rganish davomida odam savdosidan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish jarayonida tibbiyot muassasalarining o‘rni, ularga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlari, shuningdek, odam savdosi jinoyatlarining sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan xodimlarning bilim va xabardorlik darajasi o‘rganildi.

📌 Yakunda tibbiyot xodimlariga qonunchilik talablariga rioya etish, odam savdosining oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda jabrlangan shaxslarga o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 6