“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati A. Bekchonov O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
O‘rganish davomida axborot tizimlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash, axborot resurslarini himoya qilish hamda qonun talablarining amaldagi ijrosi tahlil qilindi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qonun ijrosini samarali ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.