Жаңалықлар

#24_ta_masala

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati, 23-Zarafshon saylov okrugidan saylangan Suyarov Farxod Sattorovich Zarafshon mahallasi aholisi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi bir qator dolzarb masalalar va takliflar ilgari surildi. Xususan:
🚧 ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi
🚶‍♂️ piyodalar yo‘laklarini tashkil etish
🗑 chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimi
💡 tungi yoritish chiroqlarini yaxshilash
Mazkur masalalar yuzasidan deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganishlar olib borilishi va amaliy chora-tadbirlar belgilanishi ma’lum qilindi.
Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan muammolar bosqichma-bosqich hal etilishi hamda aholi bilan doimiy muloqot va hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2