Жаңалықлар

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati J.Umarov tomonidan Navro‘z mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar, jumladan, ichimlik suvi ta’minoti, kommunal xizmatlar sifati va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga oid masalalar muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, aholi vakillarining fikr-mulohazalari deputatlik nazoratiga olindi.
Bunday uchrashuvlar xalq bilan doimiy muloqotni ta’minlash va hududlardagi dolzarb masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1