Жаңалықлар

#24_ta_masala #ish_reja_ijrosi #kotibiyat_mudiri

Bugun yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Saribozor mahallasida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida xotin-qizlar bandligini taʼminlash va ularning daromad manbalarini kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mahallada kasanachilik yoʻnalishini rivojlantirish orqali uyda oʻtirgan, voyaga yetmagan farzandi bor yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning bandligi muvaffaqiyatli taʼminlanmoqda.
Erishilayotgan ushbu yutuqlar nafaqat oilalar farovonligini yuksaltirishga, balki mahallaning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Saribozor mahallasida xotin-qizlar bandligini taʼminlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar qatʼiy davom ettiriladi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2