Жаңалықлар

#24_ta_masala #ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev hamda tuman Kengashi deputati A.Usmonov tomonidan “O‘zbekiston” mahallasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida mahalla nuroniylari va fuqarolar tomonidan ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish, eskirgan bog‘cha binosini rekonstruksiya qilish hamda ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish masalalari ko‘tarildi.
📌 Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish hamda muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2