Жаңалықлар

Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi raisi A.Uzoqov rahbarligida kotibiyat mudiri L.Mamadiyorov, bosh mutaxassislar A.Sa'dullayev, S.Primov, doimiy komissiya raislari hamda ekspert guruhi vakillari ishtirokida navbatdagi sessiya oldidan tayyorgarlik yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, xususan:

🔹 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish;

🔹 tuman xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti;

🔹 mahalliy budjetning orttirilgan daromadlari hisobidan mablag‘lar ajratish masalalari ko‘rib chiqildi.

🗓 Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi 8-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

📲 Sessiya jarayonini jonli efir orqali kuzatib boring!

Slide 1 of 3