Жаңалықлар

Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda

Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi asosida Zarmetan mahallasining ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish ishlari boshlandi.

Ayni paytda mahalla hududida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida asfalt yotqizish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mazkur ishlar fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, mahalla obodonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3