Жаңалықлар

Sport infratuzilmasi o‘rganildi.

Sport infratuzilmasi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugidagi 27-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, sport zallarining holati, sport anjomlari bilan ta’minlanganligi hamda ulardan foydalanish jarayonini o‘rgandi.

O‘rganish davomida deputat o‘quvchi-yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanayotganiga guvoh bo‘ldi. Shuningdek, mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tibordagi masalalardan biridir.

Slide 1 of 3