Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A.Appaqov kotibiyat bosh mutaxassisi O.Olimjonov Andijon shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdilar.
O‘rganilgan asosiy yo‘nalishlar:
Suv va oqova tizimlari
Eskirgan quvurlarni yangilash;
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish;
Tizim barqarorligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Yo‘lsozlik ishlari
Yo‘llarni sifatli ta’mirlash;
Piyodalar va haydovchilar uchun xavfsiz hamda qulay sharoit yaratish;
Pudratchi tashkilotlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Mas’ullar qurilish-montaj ishlari sifatiga alohida e’tibor qaratish zarurligi belgilandi.