Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
🌿 Сўх туманида дам олиш куни — эзгулик ва бирлик байрами!
янв.21
📊 “Инфратузилма ва ижтимоий барқарорлик” жамғармаси фаолияти таҳлил қилинди
янв.21
Фуқаро мурожаати тингланди ва ҳуқуқий тушунтириш берилди
янв.21
Депутатлар ҳудудларда
янв.21
📌 Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди.
янв.21
📍 Депутат ҳудудларда
янв.21
📊 Чораклик фаолият таҳлил қилинди
Ishtixon tumanidagi 6-son oilaviy poliklinikada ochiq muloqot tashkil etildi

Joriy yilning aprel oyida Ishtixon tumanidagi “Nurli Diyor” 6-son oilaviy poliklinikasida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari ishtirokida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida tibbiyot muassasasining kundalik faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, mavjud muammolar hamda sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Deputatlar joylarga chiqqan holda, tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlari, bemorlar bilan ishlash jarayoni va murojaatlar asosida yuzaga kelayotgan holatlarni o‘rgandilar. Tibbiyot xodimlarining fikr va takliflari tinglanib, ularni amaliyotda hisobga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar tizimli ravishda o‘tkazilishi, xalq bilan ochiq aloqani mustahkamlashda muhim vosita ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5