Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
SESSIYA ISHIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. 

Sessiya ishida Uchko‘prik tumanida 2025-yilning birinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda ijro intizomiga amal qilinishi haqida;    

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonining Uchko‘prik tumanida ijrosini ta’minlash yuzasidan 2025-yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;    

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan maqsadlarning ijrosi yuzasidan 2025-yilning birinchi choragi davomida Uchko‘prik tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida; 

Uchko‘prik tumanida 2025-yilning birinchi choragi yakunlari yuzasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning hisoboti to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.  

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.  

Slide 1 of 7