Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
CHINOZ TUMANI KENGASHI RAISI, DEPUTAT SALIXOV SHERZOD ABDUHAKIMOVICH SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi, deputat Salixov Sherzod Abduhakimovich "Qir" mahallasi binosida oʻz saylovchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Sh.Salixov 2025-yilning I-choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan saylovchilariga axborot berdi. Deputat saylangan "Sohibkor" va "Qir" mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlarini tingladi.

Fuqarolar tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, kommunal xizmat koʻrsatish tizimidagi muammolarni bartaraf etish, fuqarolarning uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bank kreditlari ajratish kabi masalalar yuzasidan jami 10 ta murojaat bildirildi.

Uchrashuvda fuqarolarning 4 ta murojaati, yaʼni fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish va bank krediti ajratish masalasi shu joyning oʻzida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan masʼul tashkilotlar tomonidan ijrosi nazoratga olinib, muddatlari belgilab olindi.

Slide 1 of 4