Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Chirchiq shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining aholi bilan uchrashuvi

 Chirchiq shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy
komissiyasi raisi, deputat Alisher Abdullayev va uning o‘rinbosari deputat
Zokir Xalmuxamedov Quyosh MFYda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
 

Uchrashuv Chirchiq shahar hokimining murojaatlar telegram kanaliga kelib tushgan
murojaatlar asosida tashkil etildi. Fuqarolar MCHJ BSK "Jewellery
Stroy" boshqaruv servis kompaniyasining qoniqarsiz faoliyati, BSK
xodimlarining o‘z majburiyatlarini bajarmayotganligi bo‘yicha murojaat
qilishgan.
 

Uchrashuv davomida deputatlar uy-joy egalarining shikoyat va e’tirozlarini tingladilar.
Fuqarolar tomonidan MCHJ "Jewellery Stroy" BSK faoliyatidan
qoniqmaganliklari sababli, ushbu BSK bilan shartnomani bekor qilish va boshqa
BSKni tanlash masalasi ko‘tarildi.
 

Muhokamalardan so‘ng, yaqin kunlar ichida Quyosh MFYdagi ko‘p qavatli uylar mulkdorlarining
umumiy yig‘ilishini o‘tkazish va yangi BSK tanlab, u bilan shartnoma tuzish
bo‘yicha qarorga kelindi.
 

Shuningdek, deputatlar mahalla faollari bilan birgalikda Quyosh MFY hududini aylanib
chiqdilar. Asosiy e’tibor sug‘orish tizimlarini yaxshilash va modernizatsiya
qilish, yashil maydonlarni ko‘paytirish, ko‘p qavatli uylar atrofida mevali
daraxtlar, uzumzorlar va butalar ekish masalalariga qaratildi.
Mazkur masalalarni
hal etish maqsadida kelgusida ham birgalikda maslahatlashuvlar va uchrashuvlar
o‘tkazib borish kelishib olindi.
 

Slide 1 of 3