Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
SALOMATLIK SARI LOYIXASI DOIRASIDA TIBBIY KOʻRIK OʻTKAZILDI

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Matmuratova, tuman tibbiyot birlashmasi va O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi bilan birgalikda “Salomatlik sari” loyihasi doirasida Hazorasp tumanidagi 34-sonli oilaviy poliklinikada Kamolot, Oq maydon, Ovshar va Istiqlol mahallalaridagi xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida tajribali shifokorlar ishtirokida yurak-qon tomir kasalliklari, ultratovush tekshiruvlari, kardiologik, nevrologik, endokrin tizim muammolari, shuningdek, ayollar salomatligiga alohida e’tibor qaratilib, onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikda 300 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi. Ularga bepul tibbiy maslahatlar berilib, zarur tavsiyalar taqdim etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida profilaktik tibbiy ko‘riklarning ahamiyati, kasalliklarni erta aniqlash orqali ularning oldini olish mumkinligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Ayniqsa, ayollar orasida saraton kasalliklarini erta bosqichda aniqlash va ularni samarali davolash muhim ekani ta’kidlandi.

Mazkur tashabbus hudud aholisi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, profilaktik tibbiy ko‘riklarni doimiy o‘tkazish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida muhim qadam bo‘ldi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad nafaqat kasalliklarni erta aniqlash, balki har bir fuqaroning sog‘lig‘ini yaxshilash, jismoniy va ruhiy salomatlikni ta’minlashdan iboratdir. 

Slide 1 of 4