Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimligi katta majlislar zalida hududlardan saylangan Oliy Majlis senati a’zolari, deputatlar, sektor rahbarlari, tashkilot va boshqarmalar boshliqlari ishtirokida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulhakim Eshmuratov ishtirok etdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Choriyev Abduraim Ravshanovich olib bordi.

Deputatlar tomonidan viloyatda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagilar bilan manzilli ishlash kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holati yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti tinglandi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatidan saylangan Senatorlar, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari, hokimliklar, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari, tadbirkorlar hamda agroklaster egalarining vohamiz aholisiga "Viloyatimizning har bir go‘shasini bunyodkorlik va obodlik maskaniga aylantirishda barchamiz munosib hissa qo‘shaylik!" mavzusidagi murojaati yo‘llandi.

Sessiya ishi "Surxondaryo" televideniyesi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi.

Slide 1 of 7