35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat Alimov Farhod Fayzullayevich hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Sherboyev va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardonov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi O‘RQ–784-sonli “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan “Surxondaryo suv ta’minoti” MCHJ Muzrabot tuman bo‘limida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida tashkil etilib, unda Qonun talablarining amaliy ijrosi har tomonlama tahlil qilindi. Xususan, tumanda aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimini rivojlantirish, ichimlik suvi tarmoqlari va suv inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, suv sifatini sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq nazorat qilish, sohaga oid murojaatlar bilan ishlash, qonunchilik talablariga rioya etilishi, moddiy-texnik baza holati hamda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot ishlari yuzasidan mas’ul mutaxassislarning axborotlari tinglandi.

Shuningdek, qonun ijrosi davomida uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar asosida Qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash, ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari sifatini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3