35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Termiz tuman Nogironlar jamiyati faoliyati o‘rganildi

Termiz tuman Nogironlar jamiyati faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish maqsadida Termiz tuman Nogironlar jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, murojaatlar bilan ishlash holati hamda mavjud muammolar o‘rganildi. Shuningdek, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosiga ham alohida e'tibor qaratildi. Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan esa 2020-yil 11-sentabrda ma'qullangan bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, ularga teng imkoniyatlar yaratish hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Deputat tomonidan qonun ijrosining amaldagi holati deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib borilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4