35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
DEPUTAT SO‘ROVI – AMALIY NATIJA!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati T.Berdiyev tomonidan 23-sonli “Pattakesar” saylov okrugi saylovchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va murojaatlar o‘rganilishi davomida mahalladagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo deputatlik nazoratiga olindi.

Xususan, “Pattakesar” MFY hududidagi TP-216 transformator punktida tez-tez elektr uzilishlari kuzatilayotgani hamda mavjud uskunalarni yangilash zarurligi yuzasidan deputat tomonidan Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasiga deputat so‘rovi yuborilgan edi.

📄 Mazkur deputat so‘rovi yuzasidan Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasidan olingan rasmiy javobga ko‘ra, TP-216 transformator punktiga yangi avtomatik o‘chirgich o‘rnatilib, mavjud muammo ijobiy hal etilgani ma’lum qilindi.

✅ Deputatlik so‘rovi natijasida:

🔹 elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi;

🔹 mahalla aholisining murojaati ijobiy yechim topdi;

🔹 fuqarolar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati o‘z samarasini berdi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.