35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI (O‘RQ–1023-son, 2025-yil 3-fevral)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI (O‘RQ–1023-son, 2025-yil 3-fevral)

O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 3-fevraldagi O‘RQ–1023-sonli “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi. Mazkur Qonun 2025-yil 6-avgustdan kuchga kirgan.

Qonunning asosiy maqsadi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda fuqarolarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlashdan iborat.

Qonunda oziq-ovqat xavfsizligi, davlat zaxirasi, oziq-ovqat balansi, aylanma zaxira, xavfsiz ovqatlanish kabi muhim tushunchalarga aniq ta’rif berilgan. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilib, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini oshirish, sanitariya va veterinariya talablariga rioya etish, ichki bozorni muntazam monitoring qilish kabi vazifalar nazarda tutilgan.

Qonunga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida faoliyat olib boradi.

Mazkur Qonunda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligining oldini olish maqsadida davlat zaxiralari va aylanma zaxiralarni shakllantirish, zarur hollarda import va eksportni tartibga solish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni aholi ehtiyojining kamida 80 foizi miqdorida ta’minlash kabi muhim mexanizmlar belgilangan.

Shuningdek, iste’molchilarning xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini tanlash, mahsulot haqida ishonchli axborot olish, o‘z huquqlari buzilganda vakolatli organlarga murojaat qilish huquqlari mustahkamlangan. Ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlik subyektlari zimmasiga esa mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash, texnik reglamentlar talablariga rioya qilish hamda iste’molchilarga to‘liq va ishonchli ma’lumot taqdim etish majburiyati yuklatilgan.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga xizmat qiladi.