35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
24-Botirma saylov okrugida bandlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning– aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘zining 24-Botirma saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida aholi bandligini ta’minlash, xususan, xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan fuqarolarning bandlik bilan bog‘liq murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar aholi, ayniqsa xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda hududda bandlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2