35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
⚖️ FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA MULK VA MEROS HUQUQLARI

#162_ta_eng_muhim_qonun
#Qonun_ijrosi
#Deputatlik_nazorati

⚖️ FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA MULK VA MEROS HUQUQLARI
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (29.08.1996-y., 256-I-son) targ‘ibot varaqasi
🏛 1. MUNITSIPAL MULK (215-modda)
Nima hisoblanadi? Shahar, tuman hokimliklari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga biriktirilgan mol-mulklar, mahalliy byudjet mablag‘lari munitsipal mulkdir.
Maqsadi: Tuman va mahalla hududini rivojlantirish, aholiga ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar ko‘rsatish ile fuqarolar manfaatlariga xizmat qilish uchun foydalaniladi.
📦 2. EGASIZ QOLGAN MOL-MULK (1157-modda)
Tartibi: Agar merosxo‘rlar bo‘lmasa, hech kim merosni qabul qilmasa yoki merosxo‘rlar merosdan voz kechgan bo‘lsa, mol-mulk egasiz deb topiladi.
Kimga o‘tadi? Egasiz qolgan mol-mulk u joylashgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (mahalla) mulkiga, mahalla voz kechsa — davlat mulkiga o‘tadi.
🛡 3. MEROSNI MUHOFAZA QILISH VA BOSHQARISH (1144-modda)
Vasiyatnoma bo‘lganda: Vasiyatnoma ijrochisi nafaqat vasiyat qilingan mulkni, balki qonun bo‘yicha o‘tadigan meros qismini ham muhofaza qiladi va boshqaradi.
Merosxo‘rlar huquqi: Meros daxlsizligini ta’minlash hamda uni saqlab qolish uchun zarur hollarda merosni boshqaruvchi tayinlanishi mumkin.
💡 YODDA TUTING!
📌 Mahallalarda obodonchilik, egasiz qolgan uylarni xatlovdan o‘tkazish va meros nizolarini huquqiy tartibda hal etish fuqarolarning va mahalla yettiligining huquqiy savodxonligiga bog‘liq.