35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Kengash_faoliyati

YOSHLAR MASLAHAT GURUHI MAHALLADA: YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi qoshidagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan 15-Bahoriston saylov okrugi hududidagi mahallada yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

✅Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan dolzarb masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Yoshlarning bandligini ta’minlash, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi.

✅Muloqot jarayonida Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tengdoshlariga hayotiy tajribalariga asoslangan tavsiyalar berib, kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar va tashabbuslar yuzasidan fikr almashdilar.

✅Tadbirda 15-Bahoriston saylov okrugidan deputati S.Jumayev ham ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy suhbat qurdi, ularning murojaat va takliflarini tingladi hamda dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi.

✅Bunday ochiq muloqotlar yoshlar bilan bevosita aloqani mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, muammolariga yechim topish hamda jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu uchrashuvlar yoshlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, ularni Vatan ravnaqi yo‘lida faol bo‘lishga undaydi.

Slide 1 of 4