35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YOSHI ULUG‘ FUQAROLARGA MALAKALI TIBBIY YORDAM TASHKIL ETILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 18-"Nuliston" saylov okrugi deputati Kim Marina Melisovna tashabbusi bilan hududda istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish va ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida navbatdagi amaliy ishlar amalga oshirildi.

Deputat tomonidan Chilonzor tumanidagi 38-son oilaviy poliklinika bilan hamkorlikda hududda yashovchi fuqarolar Gaynullina Boris Abdullovich hamda Gaynullina Zuxra Artikovna uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yo‘llanmalar rasmiylashtirilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Shuningdek, deputat fuqarolarni shaxsan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga olib borib, ularning to‘liq tibbiy ko‘rik va tashxisdan o‘tish jarayonida bevosita hamrohlik qildi.

Tibbiy xulosalarga ko‘ra:

- Gaynullina Boris Abdullovich, 1951-yil 3-iyunda tug‘ilgan, Chilonzor tumani, 50-125 manzilida istiqomat qiladi. Unga 38-son oilaviy poliklinika tomonidan XKT-10: H20.1 — surunkali iridotsiklit tashxisi asosida konsultatsiya va davolanish uchun yo‘llanma berildi.

- Gaynullina Zuxra Artikovna, 1957-yil 25-fevralda tug‘ilgan, Chilonzor tumani, 50-125 manzilida istiqomat qiladi. Unga 38-son oilaviy poliklinika tomonidan XKT-10: H20.1 — surunkali iridotsiklit tashxisi asosida diagnostika va davolanish uchun yo‘llanma rasmiylashtirildi.

Mutaxassis shifokorlarning tavsiyasi hamda deputat tashabbusi bilan mazkur yoshi ulug‘ fuqarolarga 2026-yil 1-avgust kuni ko‘z bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fuqarolarning salomatligini asrash, ayniqsa, yoshi ulug‘ insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 8