35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #NNT_bilan_hamkorlik #OʻzNNTMA #Madad_NNT 🗣Kengash va NNT hamkorligi: Termizda aholining huquqiy himoyasi yangi bosqichda!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining (NNT) Termiz shahar huquqiy maslahat byurosiga tashrif buyurib, tashkilotning bugungi kunda aholiga ko‘rsatayotgan huquqiy maslahatlar va amalga oshirilayotgan loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganishlar davomida deputatlar hamda “Madad” NNT mutaxassislari o‘rtasida aholini qiynayotgan ijtimoiy-huquqiy muammolarga yechim topishda birgalikda ishlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA)ning Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbariyati bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv yakunida:
• Shahardagi dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishda Kengash va NNTlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish;
• Mahallalarda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qo‘shma "yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish;
• Deputatlik so‘rovlari va NNTlarning tahliliy xulosalari asosida fuqarolar huquqlarini himoya qilish tizimini kuchaytirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
"Bugungi kunda 'Madad' NNT kabi tashkilotlarimiz xalqimizga bepul huquqiy ko‘mak berishda eng yaqin yordamchimizga aylandi. O‘zNNTMA viloyat bo‘linmasi bilan o‘rnatilayotgan ushbu hamkorlik shahrimizdagi fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda ijtimoiy muammolarni qonuniy asosda, tezkor hal etishimizga xizmat qiladi," — deya ta'kidladi kotibiyat mudiri.
Kengash va NNTlar o‘rtasidagi bu kabi hamkorlik aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish va jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamdir.