35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Obod mahalla — farovon hayot garovi!

Ushbu ezgu tashabbus doirasida Termiz shahar Nuroniylar jamg‘armasi raisi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-“Pattakesar” saylov okrugi deputati T.Berdiyev tomonidan “Bog‘zor”, “Abdurahmon Jomiy”, “Nurli kelajak” hamda “Majnuntol” mahallalarida aholi bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar tashkil etildi.
🤝 Tashriflar davomida mahalla yettiligi, nuroniylar, jamoatchilik faollari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari bilan hamkorlikda fuqarolar xonadonlariga kirilib, oylik doirasida amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
💬 Ochiq muloqotlar davomida:
✅ mahallalarda sanitariya va ozodalikni ta’minlash;
✅ ichki ko‘chalar, ariq-zovurlar va jamoat joylarini tartibga keltirish;
✅ daraxt va gul ko‘chatlari ekish, mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash;
✅ xonadonlar, ko‘cha va mahalla hududlarini namunali saqlash;
✅ mehr-saxovat, o‘zaro ko‘mak va qo‘shnichilik qadriyatlarini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌿 Shuningdek, fuqarolar obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishga, ekologik madaniyatni yuksaltirishga hamda o‘z mahallasining yanada chiroyli va fayzli bo‘lishiga munosib hissa qo‘shishga chaqirildi.
🏘 Bugun obod mahalla — bu nafaqat ozoda va ko‘rkam hudud, balki ahillik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat va birdamlik hukm suradigan maskandir. Shu bois har bir fuqaroning tashabbusi va faolligi mahallalarimiz ravnaqi, shahrimiz taraqqiyoti hamda yurtimiz farovonligining muhim omili hisoblanadi.
✨ “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi bunday targ‘ibot va amaliy ishlar Termiz shahrining barcha mahallalarida izchil davom etmoqda. Ezgu maqsad — yanada obod, fayzli, yashil va farovon mahallalarni barpo etish, aholining turmush sifatini yuksaltirish hamda Yangi O‘zbekiston bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etishdan iborat.

Slide 1 of 5