35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
6-sonli MTTda rekonstruksiya ishlari deputatlik nazoratida!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi rahbari, deputat A.Mustafakulov, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar 24-“Abdurahmon Jomiy” saylov okrugi deputati A.Tog‘aymuratov saylov okrugiga qarashli “Abdurahmon Jomiy” mahallasida bo‘lib, hududdagi 6-sonli MTTga tashrif buyurdilar hamda 2026-yilgi Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Rekonstruksiya jarayoni: 6-sonli MTTni tubdan yangilash, zamonaviy andozalar asosida rekonstruksiya qilish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar sifati tahlil qilindi;
Loyiha ijrosi: Investitsiya dasturida belgilangan vazifalarning belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishi, qurilish materiallarining xavfsizlik va sanitariya talablariga mosligi ko‘zdan kechirildi.
Ishchi guruh qurilish maydonchasida pudratchi tashkilot vakillari bilan muloqot qilib, ishlar jadalligini oshirish hamda sifatga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
"Maktabgacha ta’lim muassasalari — bolalarimizning ilm va tarbiya maskanidir. 2026-yilgi Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bu rekonstruksiya ishlari farzandlarimiz uchun eng shinam sharoitlarni yaratishi shart. Qurilishning har bir bosqichi qat’iy deputatlik nazoratida bo‘ladi," — deya ta'kidladi komissiya raisi.
Davlat dasturlari doirasida bajarilayotgan mazkur obyektning foydalanishga topshirilish jarayonlari "Xalqparvar" komissiyasi tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 4