35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Ichimlik suvi ta’minoti masalasi doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — Farg‘ona suv ta’minoti AJ Qo‘qon filiali tomonidan shahar aholisini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotni ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur masala yuzasidan Farg‘ona suv ta’minoti AJ Qo‘qon filiali boshlig‘i Sh.Kasimov axborot berib, joriy yil davomida ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash, mavjud tarmoqlarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish, avariya holatlarini bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil hisobot taqdim etdi.

Muhokama davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan ichimlik suvi ta’minotining barqarorligini ta’minlash, suv yo‘qotishlarini kamaytirish, eskirgan tarmoqlarni bosqichma-bosqich yangilash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida taqdim etilgan hisobot yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, ichimlik suvi ta’minotini yanada yaxshilashga qaratilgan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olinishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3