35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

#sessiya_kun_tartibidagi_masala
#deputat_faoliyati
#nazorat_tahlil

Yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 16-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat Y.Bo‘ronov o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi "Zartepa" mahallasida bo‘lib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Yoshlar ishlari agentligi Qiziriq tumani bo‘limi boshlig‘ining tumanda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda “Yoshlar daftari” bilan ishlash yo‘nalishlarida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda besh muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, hududdagi yoshlarning mavjud muammolari, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar va davlat dasturlari ijrosi tahlil qilinib, sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar shakllantirildi. Deputatlik nazorati doirasida mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan monitoring tadbirlari davom ettirilishi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3