35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🔷 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugidan saylangan deputat Masharipov Izzat Masharipovich hamda 12-Arbob saylov okrugidan saylangan deputat Nurjanova Matluba Odamboyevna tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi “Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 300-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida Shovot tumani Do‘stlik mahallasida joylashgan 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur obyektda qurilish-ta’mirlash ishlarining sust olib borilayotgani aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.
🔷 Qurilish-ta’mirlash ishlari “Kamfort Suv Gaz Qurilish” tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda. O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilot vakillariga ishlarni jadallashtirish, ularning sifatini ta’minlash hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
🔹 Deputatlik nazorati doirasida qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3