35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.

 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisiMaxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o‘zi saylangan okrugdagi “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.O‘rganishlar davomida “Istiqbol” MFY xotin-qizlar faoli N.Alimova tomonidan mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning o`tgan davri davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida 38 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan.Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi 9 nafar xotin-qizga jami 213 million so‘m miqdorida kredit ajratilgan. Shuningdek, kasb-hunarga o‘qishga qiziqish bildirgan 3 nafar xotin-qiz o‘qitilib, ularga sertifikatlar topshirilgan hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.Deputat mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratib, oilaviy muhitni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.Yakunda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 2