35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)

Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, deputatlar va “mahalla yettiligi” oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. tuman studiyasidan xalq deputatlari xalq deputatlari Angor tuman Kengashi raisi A.Qo'zimurotov Javliyevich hamda doimiy komissiyalar a'zolari va kotibiyat mutaxasislari ishtirok etdi.

Yigʻilishda joriy yil 16-iyul kuni Prezident raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Keyingi yillarda mahalla institutini rivojlantirish, aholi muammolarini joyida hal etish va davlat xizmatlarini fuqarolarga yanada yaqinlashtirish boʻyicha yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, Tashabbusli byudjet loyihalari, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy himoya sohalaridagi vazifalar ijrosini taʼminlashda deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida mahalliy Kengashlar vakolatlari kengaygani, shu bilan birga deputatlar zimmasidagi masʼuliyat ham oshgani taʼkidlandi. Deputatlar faoliyati, avvalo, aholi muammolarining hal etilishi, davlat dasturlari ijrosi hamda islohotlarning amaliy natijalari bilan baholanishi lozimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Muhokama yakunida deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini mustahkamlash, davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholining “Tashabbusli byudjet”dagi ishtirokini kengaytirish, bandlik va ijtimoiy himoya sohalaridagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi. Mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, ularning faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish muhimligi ham taʼkidlandi.

Slide 1 of 6