35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat mahallada Mitan MFYda hokim yordamchisi faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi

Mitan MFYda hokim yordamchisi faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashi deputati B. Ozodov tomonidan Piskent tumani Mitan MFYda hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlar ajratish, kasb-hunarga o‘qitish hamda doimiy daromad manbalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida quyidagi holatlar qayd etildi:

Imtiyozli kreditlar ajratilishi: Mazkur mahallaga "Agrobank" ATB biriktirilgan bo‘lib, imtiyozli kredit olish istagida 29 nafar fuqaro tomonidan ariza topshirilgan. O‘rganish kuniga qadar ularning 17 nafariga kredit ajratilgan, 12 nafar fuqaroning murojaati esa belgilangan mezonlar asosida rad etilgan. Kredit ajratish jarayonlarining shaffofligi, fuqarolarga berilayotgan tushuntirish ishlari hamda rad etilgan murojaatlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi.

Xotin-qizlar bandligi va kasb-hunarga o‘qitish: Mahallada xotin-qizlarning daromad manbalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 15 nafar xotin-qiz bepul asosda massaj xizmati bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitilayotgani, mashg‘ulotlar yakunida ularning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun zarur ko‘nikmalar berilayotgani ta'kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, kredit mablag‘laridan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw