35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Sergeli tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Sergeli tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Sergeli tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Bahrom Abduhalimov ham faol ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashdi.

📝 Sessiyada Sergeli tumani prokurorining 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axboroti tinglandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida tumanda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar ko‘rib chiqildi.

📉 Kun tartibida mahalliy byudjetning 2026-yildagi qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish, iqlim o‘zgarishining oldini olish, atmosfera havosini muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

💬 Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan har bir masala atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Toshkent shahar Kengashi deputati Bahrom Abduhalimov ham kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy ijrosiga alohida e’tibor qaratdi.

✅ Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, tumanni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8