Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди
янв.21
Депутат аҳоли билан учрашди
янв.21
Гулистон МФЙдаги 9-сонли мактаб ҳудудида барпо этилган замонавий спорт майдончасида қурилиш ишлари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутатлар ҳудудларда
янв.21
Депутат аҳоли билан учрашди
янв.21
Депутат аҳоли билан учрашди
янв.21
Депутатлик фаолияти таҳлил қилинди
янв.21
Депутатлик назорати амалда
янв.21
Қонун ижроси юзасидан ўрганиш ва комиссия йиғилиши ўтказилди
Samarqand viloyati Kengashining beshinchi sessiyasi 26-dekabr kuni oʻtkaziladi

Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatov bugun, 23-dekabrda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi farmoyishida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, beshinchi sessiyasi 2024-yil 26-dekabr kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

-Samarqand viloyatining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;

-viloyatdagi boshqarma va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni va shu sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi bajarilishi yuzasidan viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Temirovning axboroti;

-Samarqand viloyatida 2025-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;

-dala cheti va kanal-kollektor atrofidagi yerlarda daromadli ekinlar urug‘larini ekish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmonining 11-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Samarqand shahrining ekologik “master-reja”sini tasdiqlash haqida;

-viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.  

Slide 1 of 1