Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Tibbiyot muassasasida qonun ijrosi va murojaat o‘rganildi

Tibbiyot muassasasida qonun ijrosi va murojaat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A.Xolmo‘minov o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi "Kunchiqish" mahallasida joylashgan 41-son oilaviy poliklinikaga fuqaro murojaati asosida tashrif buyurdi.

O‘rganishda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev, tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi Q.Igamberdiyeva hamda tuman tibbiyot birlashmasining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tashrif davomida fuqaro murojaatida ko‘tarilgan masalalar joyiga chiqib o‘rganildi. Shuningdek, "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (1996-yil 29-avgust, 265-I-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida qonun talablarining amaliy ijrosi, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, dori-darmon ta’minoti, tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2