Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
"Mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi

"Mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Adolat” SDPdan saylangan “6-Xondamir” okrugi deputati Azizov Kamolitdin Tulyaganovich tomonidan Ibrat mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rganish yuzasidan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

📁 O‘rganish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni hamda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining eng muhim 24 ta yo‘nalishi ijrosi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahallada 465 ta xonadon va 4 050 nafar aholi istiqomat qilayotgani, 15 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga, 149 nafar xotin-qiz "Ayollar daftari"ga kiritilgani qayd etildi.

📊 Shuningdek, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodim tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni manzilli yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva hamda “6-Xondamir” saylov okrugi deputati Kamolitdin Azizov ishtirok etdi.

📝 Yakunda "mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 5