#162_Qonun
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati F.Dexkonova tomonidan Bunyodkor mahallasida uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, unda belgilangan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan normalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlarni ta’lim olishga, kasb-hunar egallashga, bandligini ta’minlashga hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan imkoniyatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|