Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 21-Po‘loti saylov okrugidan saylangan deputat Q.Safarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar Po‘loti mahallasi hududida joylashgan 8-maktabda bo‘lib, saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdilar.
⚡️Uchrashuv davomida mahalla aholisi va ta’lim muassasasi jamoasi tomonidan maktab atrofini o‘rab olish bilan bog‘liq mavjud muammo ko‘tarildi. Mazkur masala o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash, ta’lim muassasasi hududini muhofaza qilish hamda tartib-intizomni mustahkamlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
⚡️Muammoni ijobiy hal etish maqsadida deputat Q.Safarov tomonidan deputat so‘rovini kiritish orqali tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rishga kelishib olindi.
⚡️Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi. Shuningdek, aholini qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularga qonuniy yechim topishda deputatlik nazorati hamda saylovchilar bilan doimiy muloqot muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.
⚡️Bunday uchrashuvlar hududlardagi dolzarb muammolarni aniqlash, ularni tizimli ravishda bartaraf etish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4