Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tumanning “Obod” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim va mahalla bankiri faoliyati bilan tanishdi.

🔺O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy xizmatlarning sifatli tashkil etilishi hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🔺Shuningdek, mahalla bankiri tomonidan aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, imtiyozli kreditlar ajratish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, o‘zini o‘zi band qilish dasturlari doirasida fuqarolarga berilayotgan maslahatlar, kredit loyihalarining shakllantirilishi va amalga oshirilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish va ularning daromad manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1