Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi

Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari asosida biriktirilgan vazifalar ijrosi doirasida mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

🇺🇿 Navbatdagi o‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 7-Beshqayrag‘och saylov okrugi deputati Xaydarova Ziyoda Tolipovna okrugidagi Xurshid mahallasida "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan mahalla xotin-qizlar faoli Ismailova Dilbar Batirovna tomonidan batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🗂 Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 239-son qarori asosida "Ayollar daftari" tizimi orqali ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur amaliy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish yo‘nalishidagi ishlarning holati ko‘rib chiqildi.

💼 O‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.

💬 O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish va ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5