Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Mahallada deputatga biriktirilgan qonun ijrosi hamda hududni rivojlantirish loyihalari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 11-Chekmirzaobod saylov okrugi deputati A.Sirojiddinovga biriktirilgan qonunlar ijrosi hamda mahallada amalga oshirilayotgan investitsiya va tadbirkorlik loyihalari joyiga chiqib o‘rganildi.

📋 O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining Chekmirzaobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi. Xususan, qonunda belgilangan tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanish hamda yangi tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish holati o‘rganildi.

🏗 Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan 11 ta istiqbolli loyihaning amalga oshirilish jarayoni tahlil qilindi. Jumladan,

🔹Chekmirzaobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Mamaziyayev Nurmuxammad Usmonaliyevich tomonidan tashkil etilgan avtomobillar yuvish (samoyka) maskani;
🔹fuqaro Ergashov Murodjon Xakimjon o‘g‘li tomonidan tashkil etilgan avtomobillar yuvish (samoyka) maskanining faoliyati joyida ko‘zdan kechirildi.

✅ O‘rganish natijasida mazkur loyihalar to‘liq ishga tushirilgani, aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani hamda yangi ish o‘rinlari yaratilganligi aniqlandi.

Slide 1 of 4