Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Yoshlar manfaatlari yoʻlida muhim tashabbuslar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda yoshlar masalalariga oid dolzarb yoʻnalishlar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

✔️Yigʻilish davomida, avvalo, tumanda yoshlarning yozgi taʼtil davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturining ijrosi koʻrib chiqildi. Dastur doirasida yoshlarni sport, madaniyat, sanʼat, kitobxonlik hamda kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish yuzasidan takliflar bildirildi.

📎Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi tomonidan 2026-yilning oʻtgan olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Hisobotlar asosida erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar muhokama etildi.

🖊Kun tartibidagi yana bir muhim masala sifatida hududlarda yoshlar bilan bogʻliq muammolar yuzasidan olib borilgan oʻrganishlar natijalari koʻrib chiqildi. Tahlillar asosida yoshlarning bandligini taʼminlash, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi.

📌Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar qabul qilinib, yoshlar manfaatlarini taʼminlash va ularning faolligini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi. Yoshlar maslahat guruhi tomonidan ilgari surilgan takliflarning amaliyotga joriy etilishi yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6