Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Nizomiddin Botirov tomonidan Oqqo‘rg‘on tumani “Birlik” hududida ichki ko‘cha yo‘llarining holati, yo‘l infratuzilmasining bugungi ahvoli hamda avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Nizomiddin Botirov tomonidan Oqqo‘rg‘on tumani “Birlik” hududida ichki ko‘cha yo‘llarining holati, yo‘l infratuzilmasining bugungi ahvoli hamda avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi ichki yo‘llarning qatnov uchun qulayligi, piyodalar va transport harakati xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yo‘l harakatini tartibga solish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, yo‘l bo‘ylarida harakat xavfsizligini ta’minlovchi infratuzilma obyektlarini tashkil etish, transport oqimini samarali boshqarish hamda tirbandliklar yuzaga kelayotgan nuqtalarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududdagi xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari atrofida transport harakatini tashkil etish holati, yo‘llarning texnik holati hamda yo‘l bo‘yidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish ishlari ham o‘rganildi. Eskirgan simyog‘ochlarni zamonaviy tayanch ustunlariga almashtirish ishlari yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va hududning obodonlashtirilishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar vakillariga ichki ko‘cha yo‘llarini ta’mirlash va saqlash, tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan choralarni kuchaytirish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda belgilangan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook