Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari raislari hamda kotibiyat mudirlari ishtirokida 2026-yilning dastlabki 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

#Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari raislari hamda kotibiyat mudirlari ishtirokida 2026-yilning dastlabki 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva olib bordi. Unda mahalliy Kengashlar faoliyatining samaradorligini oshirish, deputatlik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, tuman va shahar Kengashlari tomonidan 2026-yilning o‘tgan davrida qabul qilingan qarorlar ijrosi, doimiy komissiyalar faoliyati, deputatlik so‘rovlari natijadorligi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarning amalga oshirilish holati muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda faoliyatda uchrayotgan ayrim kamchilik va muammolar ham tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Kelgusida mahalliy Kengashlar ishini yanada takomillashtirish, deputatlarning hududlardagi faolligini oshirish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yakunda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 5